O‘zmilliybank boshqaruvi raisi boshchiligidagi ishchi guruh Xitoy davlat taraqqiyot bankining (XDTB) ijrochi vitse-prezidenti bilan Pekin shahrida (XXR) uchrashuv o‘tkazdi.
Ikki tomonlama uchrashuv davomida tomonlar joriy yirik investitsiya va infratuzilma loyihalarini, shuningdek, kichik va o‘rta biznes sohasidagi loyihalarni amalga oshirish jarayonlarini tahlil qildilar. Hozirgi vaqtda XDTB bilan birgalikda transport, energetika, sanoat va kichik va o‘rta biznesning boshqa sohalarida 650 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi.
Xitoy banki tomonidan Samarqandda O‘zmilliybank raisligida o‘tkazilgan SHHT Banklararo Birlashmasi Kengashi yig‘ilishining yakunlari yuqori baholandi, chunki ushbu tadbir natijasida XDTB bilan milliy valyutalarda hisob-kitoblar bo‘yicha ishlashning yangi formati yo‘lga qo‘yildi.
Kun tartibidagi asosiy masala 1,8 milliard yuan miqdorida yo‘lovchi avtobuslarini sotib olish loyihasini birgalikda moliyalashtirish masalasini muhokama qilishga bag‘ishlandi. Ushbu loyihada Xitoyning yirik korxonalari “King Long”, “YUTONG”, “FOTON” va boshqalar avtobus va elektrobuslarni ishlab chiqaruvchilari ishtirok etadi.
Uchrashuv yakunida XDTB tomonidan ushbu loyihani moliyalashtirish uchun O‘zmilliybankka SHHT Banklararo Birlashmasi a’zo banklar uchun XDTB maxsus krediti doirasida yangi kredit liniyasini taqdim etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasini isloh qilish dasturida nazarda tutilgan transport infratuzilmasi bozorini rivojlantirish bo‘yicha 2023 yil 16 dekabrdagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Loyihaning muvaffaqiyatli yakunlanishi Toshkent shahri va O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida aholiga transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, jamoat transporti yo‘nalish tarmog‘ini kengaytirish, shuningdek, harakatlanuvchi tarkib parkini zamonaviy ekologik toza avtobuslar bilan yangilashni ta’minlaydi.
“O‘zmilliybank” AJ
Matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida