22 fevraldan boshlab Buyuk Britaniyaning yirik savdo tarmoqlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari cheklangan miqdorda sotila boshlandi. Ispaniya va Shimoliy Afrikadan meva-sabzavot yetkazib berish keskin kamaygani yetishmovchilikni yuzaga keltirgan.

Xususan, “Morrisons” do‘konlarida ikki donadan pomidor, bodring, brokolli va garmdori berilyapti, “Asda”,  “Tesco” va “Aldi” savdo tarmoqlarida esa ayni mahsulotlarni ko‘pi bilan uch donadan sotib olish mumkin.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish bilan bog‘liq uzilish bir necha hafta davom etishi taxmin qilinmoqda.

Qish  va bahor faslida Angliya savdo tarmoqlari bevosita  importga bog‘lanib qoladi. Mamlakatda talabning bor-yo‘g‘i 10 foizi darajasida sabzavot yetishtiriladi. Aholi ehtiyojini qondirish uchun zarur sabzavot miqdori  chetdan kirib keladi. Afsuski, hozirgi kunda Ispaniya va Shimoliy Afrikada  suv ko‘chkilari kuzatilib, harorat pasayib ketishi tufayli hosildorlik kamaydi.

Shu bilan birga Britaniyalik fermerlar energiya narxi oshishi ham yetarli hosil undirishga to‘siq bo‘layotganidan shikoyat qilishyapti.

G.Abdullayeva,

O‘zA