Xitoy va Tojikiston chegarasida 7,2 magnitudali zilzila yuz berdi.

Bu haqda 23-fevral, payshanba kuni Xitoy seysmologik tarmoq markazida (CENC) ma’lum qilindi.

Yer silkinishlari Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyati va Tojikiston sharqidagi Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati chegarasi yaqinida qayd etilgan.

AQSH Geologiya xizmati (USGS) zilzila magnitudasi 6,8 ballni tashkil qildi.

Zilzila epitsentri Tojikistonning Murg‘aba qishlog‘idan 67 km g‘arbda joylashgan, deyiladi xabarda.

 

O‘zA