AQSH Prezidenti Jo Bayden 21 fevral kuni Kiyevdan Polshaga kelib, Varshava markazidagi Qirollik qal’asidagi ochiq maydonda nutq so‘zladi.
“AQSH Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llaydi va xalqaro qonunlarga qarshi har qanday qadamlarga qarshi turadi”, dedi Bayden. Qo‘shma Shtatlar yetakchisi keyingi yil NATOning tashkil etilganiga 75 yil to‘lishini va shu munosabat bilan Amerikada sammit bo‘lishini aytib o‘tdi.
“NATOning bir davlatiga qarshi hujum qilishini Alyansning barcha mamlakatlariga qaratilgan, deb baholanadi. Biz Ukraina atrofidagi ziddiyat bilan bog‘liq koalitsiya tuzganmiz, maqsad – u yerda tinchlik o‘rnatish”. “NATO Ukrainaga madadkor va shunday bo‘lib qoladi”, dedi u.
Bayden Moldova haqida to‘xtalib, “bu mamlakatda kishilar erkin bo‘lishni istaydi. Demokratiya borish sari va Yevropa davlatlarining hamjamiyatiga qo‘shilish uchun harakatda. Prezident Maya Sandi bu kurashga boshchilik qilmoqda”, deb ta’kidladi.
Sandi Bayden nutq so‘zlayotgan paytda Qirollik maydonida turib, tinglagan.
Amerika rahbari o‘z nutqida ukrainalik o‘n million qochoqlarni qabul qilgani uchun Polsha rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi. “Polyaklar birdamlik nima ekanini juda yaxshi bilishadi”, deb qo‘shimcha qildi.
AQSH yetakchisi Polsha Prezidenti Andrey Duda bilan muzokara chog‘ida Ukrainaga berayotgan ko‘maklari uchun alohida minnatdorlik bildirdi. Duda Baydenning Polshaga tashrifini “AQSHning dunyo va Yevropa xavfsizligi uchun g‘oyat mas’uliyatli rol ekanini” ta’kidladi.
O‘zA