Bahrayn axborot agentligi – “BNA” saytida Xitoy O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyalari barpo etish uchun 2 milliard dollar sarmoya kiritishi haqida axborot e’lon qilindi.
Xabarda imzolangan kelishuvga asosan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilgan investitsiya natijasida yiliga 5 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 1.3 milliard metr/kub tabiiy gaz tejalishiga erishilishi ta’kidlanadi. Maqolada ushbu quyosh foto elektr stansiyalarining ilk quvvati joriy yil yakuniga qadar elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlab, 2024 yil to‘liq quvvatda ishga tushirilishi rejalashtirilganiga ham urg‘u berilgan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA