NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg 2023 yilning kuzida o‘z lavozimini tark etish niyatida ekanini tasdiqladi. Bu haqda u “CNN” telekanaliga bergan intervyuda aytib o‘tdi.
“Shu yil kuzda iste’foga chiqaman. Ishonchim komilki, Shimoliy alyans mening o‘rnimga munosib nomzod topadi”.
Agar NATOga a’zo davlatlar lavozimni tark etmaslikni so‘rashsa, degan murojaatga Stoltenberg hali sodir bo‘lmagan narsa haqida masalani chalg‘itishni istamasligini aytdi.
“Men bor e’tiborimni NATO Ukrainaga yordam berishiga qaratganman”, dedi Bosh kotib.
Avvalroq Stoltenbergning kuzda lavozimini tark etishi haqida Shimoliy Alyans rasmiy vakili Oana Lungesku ma’lum qilgan edi.
Stoltenberg uch marta vakolat muddatini uzaytirgan, u deyarli to‘qqiz yildan beri Bosh kotib lavozimida ishlab kelmoqda.
O‘zA