NATO: Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish oson ish emas. Urushga barham berishning eng samarali yo‘li kelishuvga erishishdir

NATO bosh kotibining operatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosarining yordamchisi Jon Manza “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyaga taklif etilganidan mamnunligini bildirdi. 

– Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha juda ko‘p gapirilgan, – dedi J.Manza. – Bu borada NATO Afg‘oniston bilan ko‘p yillardan hamkorlik qilib keladi. Mazkur mamlakatdagi tuzilmamiz alyansi Afg‘oniston askarlariga ko‘mak ko‘rsatayotir. Keyingi bir necha o‘n yillikda xavfsizlik masalasi bo‘yicha milliardlab dollar mablag‘ sarflangan.

Ammo Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish oson ish emas. Mamlakatdagi notinchlik xalqaro terrorizm bilan bog‘langan. Barchamiz bu xavfni qoralaymiz. Biroq unga barham berish uchun hali ko‘p ish qilinishi kerak.

Urushga barham berishning eng samarali yo‘li kelishuvga erishishdir. Mana shu maqad uchun zarur qadamlar qo‘yilishi kerak.

 

N.Abduraimova, O‘zA