Biz afg‘on muammosi barham topishi tarafdorimiz

Toshkent konferensiyasida ishtirok etayotgan Buyuk Britaniya bosh vazirining Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Garet Beyli o‘z fikrini shunday bayon etdi.

– Afg‘onistonda tinchlikni ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan darajada ko‘mak berish, sarmoya kiritishga hamisha tayyormiz. Xususan, elektr energiyasi yetkazib berishni ham ko‘llab-quvvatlaymiz.

Afg‘on askarlari va davlati barcha kuchini tinchlikni saqlash va ta’minlashga sarflashi kerak. Biz bu haqida Qobul jarayoni xalqaro uchrashuvida ham qayd etgan edik.

Biz Afg‘onistondagi barcha ovozlarni eshitishimiz, ularning istaklarini inobatga olishimiz shart. Buning uchun esa albatta, terrorizmga, turli zo‘ravonliklarga barham berish kerak.
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga ham bu boradagi o‘z pozitsiyamizni bir necha marta ma’lum qilganmiz.

Biz Afg‘oniston kelajagini yaxshi bo‘lishini, barqarorlik ta’minlanib, turli muammolar barham berilishi tarafdorimiz. “Tolibon” bilan o‘zaro til topish va mamlakatda tinchlikni ta’minlash uchun albatta, davlat rahbari kuchli siyosatchi va diplomat bo‘lishi kerak.

Biz Afg‘oniston bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga hamisha tayyormiz. Buning uchun esa barcha muammolarni yechimini xotirjamlik va sabr bilan yechishga harakat qilishimiz shart.

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA