Nukusda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi, shahar va tuman bo‘linmalari tomonidan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘tgan yilgi ishlar va mavjud kamchiliklar atroflicha muhokama etilib, 2023 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar va chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ta’kidlanganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari qarorlari asosida 2022 yil davomida “Mahalla” fondi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 27 ming 885 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilani qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish maqsadida 26 milliard 152 million 862 ming so‘m mablag‘ sarflandi.
Jumladan, 20 ming 25 ta ehtiyojmand oilaga 18 milliard 798 million 272 ming so‘mlik yordam ko‘rsatilgan. Shundan, 9 ming 311 ta oilaga kundalik iste’mol tovarlari uchun 4 milliard 140 million 70 ming so‘m, 191 ta oilaga dori vositalari uchun 557 million 497 ming so‘m, 8 ming 761 ta oilaga moddiy yordam uchun 12 milliard 418 million 936 ming so‘m va 1 ming 762 ta oilaga boshqa ko‘rinishdagi yordam uchun 1 milliard 681 million 769 ming so‘m ajratilgan. “Temir daftar” ga kiritilgan 2 ming 988 ta oilaga 2 milliard 767 million 109 ming so‘mlik yordam ko‘rsatilgan.
“Ayollar daftari” dagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz 291 nafar xotin-qizning bandligini ta’minlash uchun 1 milliard 63 million 843 ming so‘m, 1 ming 399 nafar xotin-qizga moddiy yordam uchun 1 milliard 422 million 289 ming so‘m, 354 nafar xotin-qizga kundalik iste’mol tovarlari uchun 192 million 313 ming so‘m, 48 nafar xotin-qizga sog‘ligini tiklash uchun 92 million 627 ming so‘m, 2 ming 700 nafar xotin-qizning mamlakatimiz bo‘ylab sayohatini tashkil etish uchun 1 milliard 697 million 55 ming so‘m, 80 nafar xotin-qizga boshqa ko‘rinishdagi yordam uchun 119 million 352 ming so‘m ajratilib, jami 4 ming 872 nafar xotin-qizga 4 milliard 587 million 480 ming so‘mlik yordam ko‘rsatilgan.
Shuningdek, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan 2022 yil davomida jami 481 ta oilaga 130 million 93 ming so‘mlik moddiy yordam, shundan 173 ta kam ta’minlangan oilalarga 63 million 542 ming so‘m, 102 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga 28 million 571 ming so‘m hamda 206 ta oilaga 37 million 980 ming so‘mlik boshqa ko‘rinishdagi yordam berildi.
Yig‘ilishda fond faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqilib, kamchiliklarga yo‘l quygan bo‘linma xodimlariga muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Yil davomida yaxshi natijalarga erishgan bo‘linmalar rag‘batlantirilib, 2023 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar va chora-tadbirlar belgilab olindi.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri