— Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Toshkent xalqaro konferensiyasi nihoyatda muhim va juda dolzarbdir. Ma’lumki, bundan oldin ham Afg‘onistonda tinchlikni saqlash masalasi bo‘yicha qator uchrashuvlar, tadbirlar tashkil etilgan. Xususan, Afg‘oniston hukumati tashabbusi bilan boshlangan Kobul jarayonida ham bu mavzu batafsil muhokama etilgan edi.


Toshkent xalqaro konferensiyasining ahamiyatli jihati shundaki, bu yerda dunyoning yetakchi siyosat arboblari, xalqaro ekspertlar jam bo‘lgan. Eng muhimi, ularning barchasi Afg‘onistonda tinchlik hukmron bo‘lishi tarafdori va o‘ylaymanki, bu safar Toshkentda mintaqa ahli, ayniqsa, jafokash afg‘on xalqi uzoq kutgan natijaga erishiladi.

 

O‘zA