Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filialida bo‘ldi.
Bu universitet Rossiyadagi eng qadimiy va keng qamrovli oliy ta’lim muassasalaridan biri. Uning Jizzax filiali o‘tgan yili ish boshladi va bugungi kunda 325 nafar talaba ta’lim olmoqda. Umuman, muassasa 1 ming 88 o‘rinli.
Bu yerda davolash ishi, stomatologiya, farmatsiya, tibbiyot biokimyosi, jurnalistika, iqtisodiyot, geologiya, tilshunoslik, dasturiy muhandislik, axborot tizimlari va texnologiyalari hamda texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish kabi 11 yo‘nalishda mutaxassis tayyorlanadi.
Davlatimiz rahbari muassasa uchun qo‘shimcha bino ajratib, qulayliklarni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.