Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati faollari va mutasaddilar bilan hududda sanoatni rivojlantirish istiqbollari va boshqa dolzarb masalalarni muhokama qildi.

Shuningdek, Jizzax viloyati sanoatiga katta turtki beradigan 3 ta yangi korxona ramziy tugmalar bosilgandan so‘ng o‘z faoliyatini boshladi.

Ular Forish tumanida bazaltdan yiliga 5 ming tonna kompozit quvurlar ishlab chiqaradigan, 50 million dollar investitsiya kiritilgan “Eko bazalt grup” korxonasi. Jizzax sanoat zonasida yiliga 1,5 ming turdagi 20 million dona elektr texnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan, 15 million dollar investitsiya kiritilgan “Mono elektrik” korxonasi. Jizzax sanoat zonasida yiliga 40 turdagi tibbiy buyumlar ishlab chiqaradigan, 5 million dollar investitsiya kiritilgan “Super medikal element” korxonasi.

Ushbu korxonalar hisobiga, bugundan kamida 700 dan ortiq ishsiz aholi yuqori daromadli doimiy ish joyiga ega bo‘ladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, yangi korxonalarni ishga tushirdi.

O‘zA