Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil davomida “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy suv ta’minoti korxonalariga jami 29 ming 89 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 27 ming 62 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan bo‘lib, shundan 90 foizi ijobiy hal etilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlaridan kelib tushgan 124 ta murojaatning barchasi o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan 107 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 104 tasi ko‘rib chiqilgan, 3 tasi o‘rganish jarayonida.

Oliy Majlis Senatidan jami 83 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 81 tasi o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgan, 2 tasi o‘rganish jarayonida. Ombudsmandan 24 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 23 tasi o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgan, 1 tasi o‘rganish jarayonida.

Hisobot davrida “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 168 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 165 tasi o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgan, 3 tasi o‘rganish jarayonida. Shuningdek, boshqa vazirlik va idoralardan kelib tushgan 336 ta murojaatning 328 tasi o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgan, 8 tasi o‘rganish jarayonida.

Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari yuzasidan murojaatlarni tekzorlik bilan qabul qilish va hal etish maqsadida faoliyat yuritib kelayotgan “O‘zsuvta’minot” AJning 1255 – qisqa raqamli koll-markazi orqali o‘tgan yil davomida 144 mingta murojaat kelib tushgan.  Ularning barchasi o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 87 foizi ijobiy hal etilgan.

Bundan tashqari, 2022 yilda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlariga oid 1 ming 94 ta tanqidiy-tahliliy materiallar e’lon qilingan bo‘lib, ularning barchasiga rasmiy munosabatlar bildirilgan. Tanqidiy materiallarda yoritilgan muammolar esa ijobiy hal etilgan.

Ta’kidlash joiz, aholinining muammolarini o‘rganish va ularni joyida hal etish maqsadida o‘tgan yilda hududiy suv ta’minoti korxonalari va joylardagi Xalq qabulxonalari hamkorligida respublikaning 256 ta mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi.

 O‘zA