Huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda yurtimizda dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash va uning oldini olishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning yanvar oyida Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markaziga kelib tushgan 133 ta murojaat asosida taqdim qilingan farmatsevtika mahsulotlari o‘rnatilgan tartibda laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, 568 turdagi 10 ming 2 o‘ram, jumladan, 100 turdagi 2 ming 115 o‘ram davlat ro‘yxatidan o‘tgan, 200 turdagi 3 ming 500 o‘ram davlat ro‘yxatidan o‘tmagan, 20 turdagi 318 o‘ram muvofiqlik sertifikati mavjud, 200 turdagi 3 ming 500 o‘ram muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan, 25 turdagi 319 o‘ram yorliqlash ko‘rsatkichi bo‘yicha g‘ayriqonuniy nusxa, 20 turdagi 115 o‘ram yaroqlilik muddati tugagan, 3 turdagi 135 o‘ram qalbakilashtirilgan farmatsevtika mahsulotlariga tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi bo‘yicha xulosa berildi. Chora ko‘rish maqsadida ma’lumotlar tegishli organlarga taqdim qilindi.

 

O‘zA