Rossiya 2023 yilda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan migratsiya bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolanishiga umid qilmoqda, deya ta’kidlagan Rossiya tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari uchinchi departamenti direktori Aleksandr Sternik RIA Novostiga. Diplomatning aytishicha, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonda migratsiyaga qadar tayyorgarlik markazlarini ochish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
“Bizning qonunchiligimizga binoan ushbu markazlar Rossiyaga kelmoqchi bo‘lganlarga xizmatlar to‘plamini (daktiloskopiya, fotografiya, ro‘yxatga olish) taqdim etadi. Rossiyalik ish beruvchilar uchun tashkiliy ishchi kuchi to‘plash, zarur tibbiy xulosalar berish bo‘yicha maslahatlar berish ko‘zda tutilmoqda”, – degan Sternik.
“Bir so‘z bilan aytganda, biz kuchayib borayotgan migratsiya to‘lqinini tartibga solish bilan hamkorlikda shug‘ullanamiz, bu umumiy manfaatlarimizga mosdir. Joriy yilda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan bu borada hukumatlararo bitim imzolanishidan umid qilmoqdamiz”, – deya qo‘shimcha qilgan u.