BMT bosh kotibi Antoniu Guteresh gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffitsni Turkiyaga jo‘natadi, deb yozmoqda RIA Novosti tashkilot manbalariga tayanib.
“BMT bosh kotibi gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffitsni Turkiyaning zilziladan zarar ko‘rgan hududiga jo‘natadi”, – degan agentlikka tashkilot manbalari, lekin safar qachon boshlanishini aytmagan”, deyiladi xabarda.
Dushanba kuni tongda Turkiya hududida ikkita kuchli silkinish yuz berdi. Zilziladan so‘ng vayronagarchiliklar qo‘shni Suriya hududlarida ham kuzatildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 12,3 ming kishidan oshgan. Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an mamlakatda yetti kunlik milliy motom e’lon qildi. Halokat ta’sir qilgan 10 ta viloyatda uch oylik favqulodda holat hukm surmoqda.
Suriya sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, bu yerda zilzila oqibatida 1,2 kishi bevaqt hayotdan ko‘z yumgan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.