Vetnam poytaxti Xanoy shahrida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Olimjon Jumayev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ipakchilikka ixtisoslashgan “Shanghai trade” Co LTD va “Cong ty tnhh haidung silk” kompaniyalari ta’sischisi Hai Haidung bilan uchrashdi.
Uchrashuvda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi 20 nafar ipakchilik korxonalari rahbarlarining joriy yil fevral va mart oylarida Vetnamga tashrifi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, “Shanghai trade” Co LTD kompaniyasiga joriy yil davomida ipak mahsulotlarini eksport qilish, ipakchilik sohasida keng qamrovli hamkorlik qilish, Vetnamdan O‘zbekistonga ipak qurti urug‘ining “Elita” va “Super elita” zotlarini import qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.
O‘zA