Prezident poytaxt jamoatchiligi vakillari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Yig‘ilishda 2023 yilda poytaxtda aholi bandligini ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi.  

Yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha ulkan marralarga erishishda tadbirkorlarga tayanish, ularni qo‘llab-quvvatlash lozimligi ta’kidlandi.

Jumladan, bu yili Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trillion so‘m kredit yo‘naltiriladi, oilaviy tadbirkorlik uchun 300 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Mutasaddilarga yil yakuniga qadar:  

– 14 ta yirik savdo kompleksini ishga tushirish, shuningdek 12 mingta savdo-servis ob’ektlari tashkil etishni ta’minlash;

– 57 ta mehmonxona, 3,5 mingta umumiy ovqatlanish va mahallalarda 7 mingta savdo-servis ob’ektlarini ishga tushirishga ko‘maklashish topshirildi.

O‘zA