“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati ushbu savolga quyidagicha munosabat bildirdi:
Shuni ma’lum qilamizki, “O‘zbekneftgaz” AJ qarashli AYOQSHlarda Buxoro neftni qayta ishlash zavodlarida sotilayotgan AI-80 rusumli avtobenzning narxi (5700 so‘m) oshirilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 dekabrdagi “Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2023 yilning 1 martiga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘i “nol” stavkada qo‘llash belgilangan.
“O‘zbekneftgaz” AJ qarashli AYOQSHlarda import qilinayotgan AI-80, AI-92 rusumli avtobenzin mahsulotlari respublika hududiga temir yo‘l transporti orqali yetkazib berish va boshqa xarajatlarni inobatga olgan holda belgilangan narxlardan kelib chiqib sotilmoqda.
O‘zA.