Avvalroq Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston piyoz eksportini cheklagani haqida xabar berilgan edi. Endi bu davlatlar qatoriga Qirg‘iziston ham qo‘shildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi uch oy muddatga har qanday turdagi piyozni mamlakatdan chetga chiqarish mumkin emasligini ma’lum qildi. Mazkur qaror rasman 2023 yil 30 aprelgacha amal qiladi. Ushbu chora oziq-ovqat xavfsizligini, ijtimoiy ahamiyatga molik oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqarorligini ta’minlash zarurati bilan izohlanmoqda.
Darvoqe, Qirg‘iziston piyozi hozirgacha O‘zbekistonga ham kirib kelayotgan edi.
O‘zA