Qo‘shma Shtatlarda yaqin orada koronovirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan favqulodda holat bekor qilinadi. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’lum qildi.
“Koronovirus bilan bog‘liq o‘limlar soni 90 foizga kamaydi. Biz millionlab odamlarning hayotini saqlab qoldik”.
“Tez orada sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda holatni bekor qilamiz”, deb qo‘shimcha qildi Bayden.
Oq uy matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, AQSH Prezidenti ma’muriyati COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq favqulodda holat rejimini 11 maydan bekor qilish haqida ish olib bormoqda.
O‘zA