Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Qadrli qardoshim!

Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan eng samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.

O‘tgan o‘n yilliklar davomida chinakam birodar davlatlarimiz azaliy do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat an’analariga tayangan holda strategik sheriklik darajasiga har tomonlama mos bo‘lgan ko‘p qirrali munosabatlarning barpo etilishiga erishdilar.

Biz mamlakatlarimiz o‘rtasida qaror topgan konstruktiv va mazmundor muloqotni yuksak baholaymiz va qadrlaymiz. Oliy va yuqori darajadagi izchil aloqalar bunga yorqin misoldir. Shu ma’noda ta’kidlash lozimki, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli rishtalarni faollashtirishda Sizning shaxsiy hissangiz va doimiy e’tiboringiz beqiyosdir.

Ishonchim komil, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan davlatlararo hamkorlikning barcha yo‘nalishlari yanada rivojlanishini ta’minlaymiz.

Shu fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog‘liq, tinchlik-omonlik, qardosh o‘zbek xalqining farovonligi yo‘lidagi mas’uliyatli davlatchilik faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.

Chuqur hurmat va eng ezgu tilaklar ila,

Gurbanguli BERDIMUHAMEDOV,

Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi,

Turkman xalqining Milliy Yetakchisi