Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbarlari, yer qazish texnikasi egalari va yerdan foydalanuvchilarga eslatma! Ma’lumki, aholiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan yer osti magistral aloqa kabellari davlat muhofazasiga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 mayda qabul qilingan 210-son qaroriga muvofiq, magistral aloqa kabellarining har ikki tomondan 2 metr qismi himoya hududi hisoblanadi. Shu bois, mazkur hududlarda ruxsatsiz barcha turdagi yer qazish-ko‘mish va turli shakldagi qurilish ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi!

Agar sizda shunday hududlarida yer qazish va qurilish ishlarini amalga oshirish zarurati tug‘ilsa, magistral aloqa kabeli trassasi belgisida ko‘rsatilgan manzilga yoki 1133 qisqa raqami orqali murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, bunday vaziyatlarda moddiy zarar va avariya-tiklash ishlarini olib borish uchun talab etiladigan xarajatlar aloqa liniyalariga shikast yetkazgan shaxslardan undiriladi.

 

O‘zA