Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot davom etmoqda.
Mamlakatimizda qiyin ahvolga tushgan, alohida e’tiborga muhtoj yoshlar ham bor.
Shu bois, yil boshida hokimlar, vazirlar va davlat tashkilotlari rahbarlariga sharoiti og‘ir yoshlar biriktirilgani o‘z samarasini berayapti.
Masalan, qiyinchilikka duch kelgan 420 ming yoshlar muammosi hal etildi, 65 mingini bandligi ta’minlandi.
Tarbiyasi og‘ir 20 ming yoshlar jinoyat yo‘lidan qaytdi, xulq-atvori yaxshilangan 11 ming yoshlar muddatidan oldin probatsiya hisobidan chiqarildi.
Alohida e’tiborga muhtoj 1 million yoshlar sport bilan shug‘ullanishni boshladi, 700 mingida san’atga qiziqish paydo bo‘ldi.
O‘zA