Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot davom etmoqda.

So‘zga chiqqan yigit-qizlar bir qator taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.

Jumladan, mustaqil O‘zbekiston temir yo‘llari tashkil topganining 30 yilligiga temir yo‘l sohasida xalqaro forum tashkil qilish, Markaziy Osiyo va Turkiy davlatlar yoshlari bilan ekologik masalalarni doimiy muhokama qilish maqsadida Xalqaro kengash tuzish taklif qilindi.

Yurtimizda organik mahsulot yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash, “Iqtidorli yosh kadrlar” elektron platformaсини ishga tushirish, “Kelajak kasblari loyihasi” doirasida til o‘rganish tartibini takomillashtirish yuzasidan fikrlar bildirildi.

Shuningdek, yoshlar ko‘chma “She’riyat teatri”ni tashkil etib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti asarlarining tarjimalarini xalqaro ommaga yetkazish tashabbuslari ilgari surildi.

Top-100 talikka kirgan universitetlarga kirish tartiblari, grant yutish sirlari, bu oliygohlarda o‘qish uchun qanday strategiya tuzish bo‘yicha yoshlarimizni o‘rgatish maqsadida oromgohlar tashkil etish va onlayn-platforma yaratish va boshqa takliflar ham bildirildi.

Prezidentimiz muloqot chog‘ida bildirilgan fikr va takliflarni chuqur o‘rganib, amaliyotga joriy etish yuzasidan mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.

O‘zA