Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot davom etmoqda.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Turon” teatri tanlovida 12 mingdan ziyod teatr jamoasi qatnashdi.

Tanlov natijasida har bir tumanda o‘ziga xos kichik teatr jamoasi shakllandi.

“Turon” teatri tanlovi har yili maktab o‘quvchilari orasida o‘tkaziladigan bo‘ldi. G‘olib bo‘lgan o‘quvchilar Ijod maktablariga qabul qilinadi.

O‘zA