Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1 fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-3, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq  bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12  metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha, ba’zi tumanlarda sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1 daraja sovuq,  4 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12  metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar  

Joriy yilning 31 yanvar va 1-2 fevral kunlari O‘zbekistonga O‘rta yer dengizi hududlaridan nam va nisbatan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

31 yanvar va 1-2 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

1-2 fevralda Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

31 yanvar va 1-2 fevralda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, asosan,  yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi. Shuningdek, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2 fevral kunlari ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor)  bo‘ladi.

Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar tufayli 1-3 fevral kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

O‘zA