Ijtimoiy tarmoqlarda yurtimizdagi dorixonalarda Hindistonning “Marion Biotech Pvt. Ltd” kompaniyasiga tegishli “Travamaks” va “Sinepar kid” siropi hali ham sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi axborot xizmati ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirining 2023 yil 2 yanvardagi 24-41821-son ko‘rsatma xatiga binoan, “Quramax Medical” MCHJ tomonidan 2022 yil mamlakatimiz hududiga olib kirilgan Hindistonning “Marion Biotech Pvt. Ltd” kompaniyasiga tegishli barcha dori vositalarining sotilishi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Ayni kunlarda ushbu preparatlarni vaqtincha qo‘llamaslik yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Qolaversa, mazkur dori vositalari chuqur laborator tekshiruvlaridan o‘tkazilmoqda. Tahlil natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim qilinadi.

 

O‘zA