FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuida futzal bo‘yicha ayollar terma jamoalari o‘rtasida 4 kun davom etgan Markaziy Osiyo kubogi nihoyasiga yetdi.

«CAFA WOMEN’S FUTSAL CHAMPIONSHIP-2023» musobaqasida Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Eron hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari ishtirok etdi.

Mazkur musobaqaning so‘nggi turida futzalchilarimiz eronlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda omad Eron jamoasiga nasib etdi: O‘zbekiston – Eron 4:5. Shunday qilib, ayollar futzalida Eron jamoasi oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi qizlari kumush medallar bilan taqdirlandi. Tojikiston jamoasi qizlariga bronza medallari nasib etdi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA