“BER” aeroporti ishchilarining noroziligi 300 ga yaqin reys bekor qilinishiga va 35 ming yo‘lovchi e’tiroziga sabab bo‘lishi mumkinligi kutilmoqda.
“rbb24” xabariga ko‘ra, aksiya tashkilotchisi – “Verdi” kasaba uyushmasi 6 ming nafar xodimning aksariyati namoyishga qo‘shilishidan umidvor. Chorshanba kuni ertalab aeroport binosi oldida taxminan 1,5 ming kishi to‘planib, miting o‘tkazishi rejalashtirilgan. Kasaba uyushmasi ish haqi oshirilishi, mehnat sharoiti yaxshilanishini talab qilmoqda. Hozircha ish beruvchi bilan kelishishning iloji bo‘lmadi.
G. Abdullayeva,
O‘zA