AQSH shtatlarining yarmidan ko‘pida davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan davlat qurilmalarida Xitoyning TikTok ijtimoiy tarmog‘idan foydalanishni taqiqladi, deb xabar tarqatdi CNN telekanali.

“O‘ttiz bitta shtat TikTokdan davlat qurilmalarida foydalanishni chekladi, ularning to‘qqiztasi qo‘shimcha ilovalardan foydalanishni taqiqladi. Kamida to‘rtta shtat ham shunga o‘xshash taqiqni joriy qilgan”, – deyiladi CNN telekanali tarqatgan xabarda.  

Telekanalning ma’lum qilishicha, AQSHda qariyb 100 million kishi foydalanayotgan mazkur ijtimoiy tarmoqni taqiqlash harakati butun mamlakatga tarqalgan. Taqiqlov respublikachilar rahbarlik qilayotgan shtatlarda ham, demokratlar rahbarlik qilayotgan shtatlarda ham birdek joriy qilingan. Qator  shtatlar, TikTokdan tashqari Xitoy bilan bog‘liq boshqa ilovalarni, jumladan, WeChat and AliPayni  ham taqiqlamoqda.

Avvalroq AQSH senati TikTok ilovasini federal hukumatlar elektron qurilmalarida foydalanishni taqiqlovchi qonun loyihasini tasdiqlagan edi. Yana bir guruh amerikalik senatorlar ijtimoiy tarmoqdan AQSHda foydalanishni butunlay taqiqlash bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etgandi.