62 yoshli Boris Pistorius Germaniyaning yangi Mudofaa vaziri etib tayinlandi. Mamlakat kansleri Olaf Sholsning bu qarori kutilmagan bo‘ldi, deb xabar berdi “Deutsche Welle” agentligi.

Kristine Lambrext Mudofaa vaziri lavozimini tark etgach, bosh vazir uning o‘rnini yana ayol kishi egallashi kerak, degan edi.

Bu reja amalga oshmagach, jamoatchilik ikki kunda besh nomzod haqida gapira boshladi. Ular ham chetda qolib, kutilmagan nomzod o‘rtaga chiqdi.

Pistorius – huquqshunos. Germaniya sotsial-demokratik partiyasi a’zosi. 1960 yilda Osnabryukda tug‘ilgan. 2013 yildan beri Quyi Saksoniyaning Ichki ishlar vaziri lavozimida xizmat qilgan. 2006-2013 yillarda u Osnabryukada hokim bo‘lgan.

“NTV” telekanaliga intervyu bergan Pistorius mudofaa vaziri bo‘lish o‘zi uchun katta sharaf ekanini ta’kidladi.

“Men Bundesverning kuchli bo‘lishini istayman”, deya “Germaniya Qurolli kuchlari oldida ulkan vazifalar turibdi, ular bilan hamkorlikda qudratli Bundesverni tiklaymiz”, deb bayonot berdi.

Germaniya hukumati matbuot kotibi Shteffen Xebeshtraytning ma’lum qilishicha, Pistorius 19 yanvar kuni qasamyod qiladi.

 

O‘zA