Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida mamlakati Ukraina inqirozini hal qilishda vositachi bo‘lishga tayyor ekanini tasdiqladi. Bu haqda “Anadolu” agentligi Turkiya rahbari matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

“Telefon muloqotida Erdog‘an Turkiya Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi barqaror tinchlikni ta’minlash uchun vositachilik qilishga tayyor ekanini yana bir bor ochiqladi”, deyiladi xabarda.

Ikki davlat rahbarlari, ta’kidlanganidek, Ukraina atrofidagi voqealarni ham muhokama qilishgan.

Bundan tashqari, yetakchilar don shartnomasining bajarilishi, Rossiya donini Turkiyada qayta ishlab, uni un holida Afrikadagi muhtoj davlatlarga jo‘natish masalasida ham fikr almashishgan.

 

O‘zA