Qozog‘iston Prezidenti Qasim- Jomart Toqayev rasmiy tashrif bilan kecha Birlashgan Arab Amirliklariga bordi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida Tokayev BAA Prezidenti  Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Ikki davlat rahbarlari Qozog‘iston – BAA strategik sherikligini rivojlantirish istiqbollarini, ustuvor sohalarda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qiladilar.

Qozog‘iston yetakchisi BAAga ikki kunlik tashrifi davomida “Abu-Dabi Barqaror rivojlanish haftaligi” ishida ham ishtirok etadi, shuningdek, ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

 

O‘zA