Yaponiyada mamlakat bo‘ylab 679 hududda universitetga kirish uchun ikki kunlik imtihonlar boshlandi. Bu haqda Kyodo News xabar bermoqda. Bir fan bo‘yicha imtihonda 465 mingga yaqin abituriyent qatnashdi.
O‘tgan yili kirish imtihoni davrida savollarning fotosurati tarqalib ketib, bir muncha chalkashliklarni yuzaga keltirgani bois, bu yil tashkilotchilar firibgarlikning oldini olish uchun qat’iy qoidalarni qo‘llashdi.
Shuningdek, universitetga kirish imtihonlari milliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat koronavirusning sakkizinchi infeksiya to‘lqini bilan kurashayotganligi sababli abituriyentlardan tana haroratini tekshirtirish choralari ko‘rildi.
Bu yilgi sinovlar o‘tkazilayotgan oliygohlarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan bo‘lib, politsiya abituriyentlar xavfsizligini ta’minlashga yordam bermoqda.
Muharrama Pirmatova, O‘zA