Amerika Qo‘shma Shtatlari sobiq prezidenti Donald Trampga tegishli “Trump” kompaniyasi soliq firibgarligi ishi bo‘yicha umumiy qiymatda 1.6 million dollar jarimaga tortilgani ma’lum bo‘ldi.
NBC News agentligi xabariga ko‘ra, kompaniyaning ikkita sho‘’basi Nyu-York shtati qonuniga ko‘ra eng og‘ir jazoga tortilgan.
Tabiiyki, “Trump” kompaniyasi barcha qonunbuzarliklarni rad etmoqda, qolaversa, hukm ustidan shikoyat qilishni rejalayapti. Qayd etish joizki, mazkur ish bo‘yicha Trampning o‘zi ayblanmaydi.
Tashkilotning sobiq moliya direktori Allen Vaysselberg esa firibgarlik sxemasidagi roli uchun besh oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.
O‘zA