BAA hukumati Dubaydagi Al-Maktum aeroportini kengaytirishni rejalashtirmoqda. U dunyodagi eng yirik aeroportga aylanadi.

Xorijiy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, aeroportni rekonstruksiya qilish loyihasi hukumat saytida e’lon qilingan.

Aeroportni qayta qurish 2027 yilda yakunlanadi, natijada havo qo‘nalg‘asi bir yilda 260 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan bo‘ladi. Maydoni 65 kvadrat kilometr bo‘lgan hududda beshta uchish-qo‘nish yo‘lagi joylashadi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni ham poytaxt aeroportini kengaytirish rejasini e’lon qilgan edi. Hukumat rejasiga ko‘ra, Ar-Riyod aeroporti 2030 yilga kelib yiliga 120 million kishiga xizmat ko‘rsatadigan bo‘ladi, natijada u dunyodagi eng yirik aeroportlarning biriga aylanadi, deyilgandi xabarda.