Hamkorlarimiz sahifalarida

Bugun Abu-Dabida Barqarorlik haftaligi tadbirlari doirasida Atlantika Kengashi tomonidan tashkil etilgan Butunjahon Energetika forumining yettinchi yillik sessiyasi ish boshladi. Bu haqda Amirliklar axborot agentligi WAM xabar berdi.

Bu yilgi forum iqlim va energetika strategiyalari masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, mamlakat shu yil oxirida mezbonlik kiladigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha “COP 28” doiraviy konvensiyasi ishtirokchilari konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

“Butunjahon energetika forumi – 2023”, xususan, energiya xavfsizligi ustuvorliklarini boshqarish muammolariga, uglerod chiqindilarini bartaraf etishga qaratilgan.

Sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri doktor Sulton Ahmad Al-Jobir nutqida iqlim ta’siriga qarshi kurashish yo‘llarini jadallashtirishga olib keladigan keng qamrovli va amaliy yondashuvlarini qo‘llash muhimligini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, qayta tiklanadigan energiya bo‘yicha xalqaro agentlik (IRENA) qarorgohi joylashgan BAA mintaqadagi Parij bitimini imzolagan va ratifikatsiya qilgan, milliy darajada belgilangan hissalarini taqdim etgan va iqlim betarafligiga erishish uchun yo‘l xaritasini belgilagan birinchi davlatdir.

Eslatib o‘tamiz, Parij bitimi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha yuridik jihatdan majburiy bo‘lgan BMTning iqlim o‘zgarishi doiraviy konvensiyasi (COP-21 UNFCCC)  ishtirokchilari konferensiyasining 21-sessiyasida 196 ta davlat tomonidan qabul qilingan.

Al-Jobir Birlashgan Arab Amirliklari  iqtisodiyotining 70 foizdan ortig‘i hozirda neft va gazdan tashqari boshqa tarmoqlarga bog‘liq ekanini ta’kidlab, shunday dedi:

– Masdar kompaniyasining asoschisi, uning direktorlar kengashi raisi va ADNOC bosh direktori sifatida men rahbariyatning asosiy manbalardan emissiyalarni kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalariga erishish uchun ishlashda davom etaman.

Davlat prezidenti barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish sohasida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda mintaqaviy va global yetakchilikning asosiy ustuni va BAA kabi toza energiyaning  global tarafdori sifatidagi rolidir. So‘nggi 15 yil ichida butun dunyo bo‘ylab toza texnologiyalarga 50 milliard dollar sarmoya kiritdi va kelgusi yillarda yana 50 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Uning aniqlik kiritishicha, BAA “COP 28” konferensiyasi davomida mavjud ish tizimida sifatli rivojlanishni amalga oshirish va 2030 yilga mo‘ljallangan maqsadlarga erishish uchun ish yo‘llarini tezlashtirish, hamkorliklar, yechimlar va ijobiy kvant sakrashiga hissa qo‘shadigan natijalarga erishishga qaratilgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA