Shu kunlarda Xitoyda bahor bayrami (Chunsze, xitoycha Yangi yil) kirib kelishi munosabati bilan an’anaviy sayohatlar, bordi-keldilar, aholining mavsumiy migratsiyasi boshlandi. Bayramni nishonlash taxminan 40 kun davom etadi. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu davr davomida mamlakat ichida bori-keldilar soni taxminan 2 milliarddan oshishi mumkin, bu 2022 yildagiga nisbatan ikki barobarga ko‘pdir.

Xitoyda so‘nggi paytlarda epidemiya tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurash choralari o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda. Mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat sezilarli ravishda yaxshilangani kuzatilmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab ko‘chalarda avtomobillar, restoranlarda, o‘yin maqdonlari va iste’mol bozorlarida odamlar ko‘paygan.

Xitoyliklar uchun Yangi yil eng asosiy bayram hisoblanadi. Ushbu bayram ikki ming yildan ortiq nishonlab kelinmoqda. Xitoy taqvimi bo‘yicha kelgusi Yangi yil 22 yanvardan boshlanadi va 5 fevralgacha davom etadi.