Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar qadog‘ida “R/500” yozuvi bo‘lgan paratsetamol tabletkasini qabul qilishdan saqlanishlari, chunki ushbu dori tarkibida virus mavjudligi haqida xabarlar tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi “R/500” yozuvi bo‘lgan paratsetamol tabletkasi bilan bog‘liq ushbu ma’lumotlar haqiqatga zid ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, yurtdoshlarimizdan har bir dori vositasi, xususan, paratsetamol tabletkasini ham shifokor tavsiyasi asosida, tegishli ko‘rsatma bo‘lgandagina qabul qilish lozimligini eslatib o‘tmoqda.

 

O‘zA