Butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekiston Respublikasida ham giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq vaziyat keskinligicha qolmoqda va bu asosan mamlakatimizga narkotik moddalarning qo‘shni davlatlardan kontrabanda yo‘llari orqali olib kelinishi bilan xarakterlanadi.

Xususan, Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara Qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi “o‘zbek-tojik” davlat chegarasi yaqinida noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 20 kg 3 gr. “opiy” va 6 kg 5 gr. “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan DXX Samarqand viloyati bo‘yicha Boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu giyohvandlik vositalari egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

O‘zA