Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Aziz vatandoshlar, har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!” g‘oyasi mujassamlashgan bayram tadbirlari boshlandi.


Ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarda olimlar, ijodkorlar va san’at arboblaridan iborat targ‘ibot guruhi faol qatnashmoqda.

– Targ‘ibot guruhi a’zolari Kegeyli, Shumanay, Amudaryo, Mo‘ynoq, Qorao‘zak, Beruniy tumanlarida bo‘lib, Navro‘z bayramining o‘ziga xosligi, ahamiyati, tarixi haqida batafsil ma’lumot berdi, – deydi Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i Q.Yusupov. – Toshkent shahridan kelgan, shuningdek, qoraqalpoq estrada qo‘shiqchilari ijrosidagi konsert dasturlari aholiga bayramona kayfiyat ulashmoqda.

Targ‘ibot guruhi a’zolari 17-mart kuni Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Ellikqal’a tumanlarida, 18-mart kuni Xo‘jayli, Taxiyatosh, Nukus tumanlarida, 19-mart kuni esa Nukus shahrida bo‘ladi.

 
Anvar Nasirlayev, O‘zA