Prezidentimiz Murojaatnomasida sud-huquq islohotlariga alohida to‘xtaldi.

–Bu yo‘nalishda ko‘p ishlar qilinganiga qaramay, odil sudlovni ta’minlash bo‘yicha hali qilinmagan ishlar bor.

Tergov sifati pastligi – bu haqiqat. Sudlarda odamlarning ovoragarchiligi davom etmoqda. Sud qarorlari bajarilmay qolayotgan holatlari yo‘q emas.

Bu soha mutassadilarini jiddiy o‘ylantirishi kerak.

Odamlarning adolatga erishishi uchun malakali advokat xizmatidan foydalanishi kerak. Ammo hamon advokatlarni elektron tanlash tizimi ishga tushmagan. Vaholanki, bu topshiriq allaqachon berilgan.

Demak, bu yo‘nalishda korrupsiya bor. Buni to‘g‘rilamasak bo‘lmaydi. Bu masala alohida nazoratga olinadi. Huquq-tartibot idoralarida adolatli ishlarni amalga oshirish uchun tegishli farmon ishlab chiqilayapti.

Zotan, odamlar uchun adolatli hukm va qarorlar, adolat kerak. Busiz yashab bo‘lmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zA