Ayni daqiqalarda davlat rahbari Parlament va O‘zbekiston xalqiga murojaat qilmoqda.

–Endi, tergovchi jinoyatga aloqador deb, har qanday mulkni xatlab qo‘ya olmaydi. Axir, biz xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish bo‘yicha ozmuncha harakat qilayapmiz-mi?

Bundan buyon, mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali bo‘ladi.
Tergov sifatini oshirish bo‘yicha ham tizimli choralar ko‘ramiz.

Tergov shaxsni ayblash uchun emas, jinoyatni fosh etish orqali haqiqatni aniqlash uchun ishlashi kerak.

Shu bilan birga, sudda ishlarni ko‘rishda qatnashadigan alohida prokurorlar korpusi shakllantiriladi. Ular maxsus o‘qitiladi, ishni sudda ko‘rishda xolis, mustaqil bo‘lishi qonun bilan belgilanadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zA