Toshkent shahri uchun qo‘shimcha mingta zamonaviy avtobus sotib olinadi, 7 ta yer usti metro bekati ishga tushiriladi.

Bularning hisobiga, har kuni 500 mingdan ziyod poytaxt aholisi va mehmonlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi.

Hududlarda ham yo‘lovchi tashish sifatini yaxshilash maqsadida, yana mingta avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Bu orqali, jamoat transporti bo‘yicha ahvol og‘ir bo‘lgan 300 ta mahalladagi 1 million aholining uzog‘i yaqin bo‘ladi, — dedi Prezident.

O‘zA