Samarqand shahridagi “Afrosiyob arena” sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi doirasida yengil atletika bo‘yicha bahslarning respublika final bosqichi boshlandi.

Ishtirokchilar Samarqand temiryo‘l vokzalida tantanali kutib olingach, Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘yildi. Shuningdek, shahar bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

Musobaqada respublikamizning 14 hududidan kelgan 252 nafar qatnashchi uchta – 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasida qatnashmoqda.

Musobaqaning ochilish marosimida Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikromov ishtirok etib, “Besh tashabbus olimpiadasi” mahalla yoshlari o‘rtasida ommalashib borayotgani va iqtidorli yoshlarni kashf etishda katta imkoniyat bo‘layotganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng 16-21, 22-26 yosh toifasida qizlar o‘rtasidagi bahslar boshlandi.

Musobaqada har bir jamoadan 3 nafar o‘g‘il 400 metr masofaga, 3 nafar xotin-qiz 300 metr masofaga estafeta shaklida yuguradi.

G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA