Sog‘liqni saqlash vazirligi va Rossiya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Federal xizmati – «Rospotrebnadzor» huzuridagi Epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida mamlakatimizga zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan mobil klinikaning yetkazilishi belgilangan edi.

Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazida mobil klinikani tantanali qabul qilish marosimi o‘tkazildi.

Maxsus jihozlangan mobil poliklinikadagi zamonaviy tibbiy uskunalar orqali respublika markazidan borgan malakali tor soha mutaxassislari ko‘magida olis hudud aholisi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar o‘rtasida bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda diagnostika qilish borasidagi ishlar yanada kuchaytiriladi.

 

O‘zA