FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasining 3-pavilonida ayni damda “Craft Fair Uzbekistan” xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi hamda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilgan yarmarkada mahalliy hamda Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Afg‘oniston, Pokiston, Rossiya, Hindiston kabi 10 ga yaqin xorijiy davlatdan usta-hunarmandlar o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqda. Unda kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi, gilamchilik, milliy matolar, miniatyura kabi 20 dan ortiq yo‘nalishda hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma savdosi tashkil etilgan.

Tadbir doirasida mamlakatimizning turli hududlariga xos bo‘lgan kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi kabi hunarmandchilik yo‘nalishida xalq amaliy san’atining mohir ustalari tomonidan mahorat darslari ham tashkil etilmoqda.

 

Nosirjon HAYDAROV(surat),O‘zA