2022 yil 17 dekabr kuni Tunisda muddatidan oldin parlament saylovi bo‘lib o‘tadi.

Shu kunlarda mamlakatda bir qator o‘zgarish, jumladan, nomzodga qo‘yiladigan talabni nazarda tutuvchi yangi saylov qonuni doirasida qizg‘in muhokama avj olgan.

Тунис достается президенту – Газета Коммерсантъ № 132 (7333) от 25.07.2022

Yangi qonun nimani o‘zgartiradi?

15 sentyabr kuni qabul qilingan yangi saylov qonuniga Shimoliy Afrika mamlakatidagi yetakchi siyosiy partiyalarning aksariyati qarshi chiqqan. Partiya vakillari saylovni boykot qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

Ayni payt faqat Prezident Qays Saidni qo‘llab-quvvatlaydigan partiya va nodavlat tashkilotlar saylovda ishtirok etishi, yangi qonunni ma’qullashini bildirgan.

Тунис президенти saylovларида мустақил nomzod Qays Саид ғolib бўлди

Qayd etilishicha, yangi qonunda partiya ro‘yxatida ovoz berish usuli bekor qilingan. Parlamentdagi deputatlik mandati sonini 217 dan 161 ga qisqartirish taklifi berilgan. 10 nafar noibni xorijdagi tunisliklar saylaydi.

Saylov uchastkalari qisqartirilyapti, nomzod saylovda qatnashadigan hududda yashovchi 400 kishining imzosini olishi shart.

Hujjatda ko‘rsatilishicha, partiyalarga saylov ishini olib borish taqiqlanadi, saylov oldi tashviqotga faqat individual darajada ruxsat berilgan. Bunday turdagi qonunchilikdan ko‘p partiyalar norozi.

Жители Туниса в ходе первых выborов отдали предпочтение исламистам - РИА  Новости, 24.10.2011

Darvoqe, nomzod faqat yashash joyidan ko‘rsatilishi talab qilinadi. Sudlanmaganligi, soliqdan qarzi yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatni ham taqdim etish majburiy.

Demokratik harakat partiyasi raisi Zuhayr Al-Hamdiy joriy etilayotgan yangi qonun haqida quyidagi fikrni bildirdi:

– Avvalgi qonunga ko‘ra, nomzodning jinoiy ishda ishtiroki bo‘lmasligi shart emas edi. ya’ni, sobiq jinoyatchining parlamentga kirishiga ruxsat berilgandi. Ayni omil eski parlamentda bir necha bor inqiroz keltirib chiqarganini qayd etish joiz.

За 2 дня до референдума в Тунисе вспыхнули протесты против новой  Конституции — EADaily — Новости Туниса. Новости Тунис. Тунис новости.  Тунис. Новости. Тунис сегодня. Новости Туниса сегодня. Тунис последние  новости. Тунис новости сегодня.

Yangi qonunda nomzod ko‘rsatish sharti qat’iylashtirilishi va sudlanganlik holati bo‘lmasligi kabi talablar ikki bosqichli saylov tizimi joriy etilishini anglatadi. Birinchi turda nomzodning belgilangan shartga, reglamentga muvofiqligi tasdiqlanadi. Ikkinchi bosqichda esa ovoz beriladi.

Bu partiyalar emas, shaxslar oldinga chiqadigan tizim. Deputat o‘zi vakillik qilayotgan xalqni bilishi, odamlarga yaqinlashishi kerak. Shuningdek, yangi qonunda saylov uchastkasini belgilashdagi kamchiliklarga e’tibor qaratish muhim.

5 дней в Тунисе после теракта. Специальный репортаж Traveling.by

Ovoz berish joyini belgilashda demografik muvozanatni ta’minlash lozim. 20-30 ming aholi yashaydigan tumanga bitta vakil berilgani muvozanat saqlanmayotganidan dalolat.

Xullas, dunyoning turli nuqtalarida siyosiy, iqtisodiy xavfsizlik tobora zaiflashib borayotgan bir paytda mamlakat taqdirini belgilashga oid har qanday voqea-hodisaga jiddiy qarash kerak. Saylov shaffof, adolatli o‘tishi xalqaro hamjamiyat taqdirini belgilaydigan tushuncha.

Internet materiallari asosida

Behruz Xudoyberdiyev tayyorladi.

O‘zA