Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif 15-16 sentyabr kunlari SHHTning Samarqand sammiti tadbirlarida qatnashish uchun O‘zbekistonga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Pokiston delegatsiyasi SHHT sammiti doirasida tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq uchrashuvlarda qatnashadi.

A.MUSAEV,
O‘zA